avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

insho

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Insho: Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri
                      Reja:
1 Qari bilganni pari bilmas
2 Mahalla ishlarida keksalarning o’rni
3 Yurtimizda keksalarni qadrlashga qaratilgan islohotlar
                                             Qarisi bor uyning parisi bor
                                                                       (Maqol)
      Qariyalar halollik, poklik, ezgulik timsoli. Qariyalar-tarbiyamiz o’chog’i. Ularning har bir so’zi ibratomuz. Har bir gapi zamirida olam-olam odob-axloqqa  chaqiruvchi tushunchalar, da’vatlar yotadi. Qariyalar uzoqni ko’zlay biladilar, donolarcha fikrlaydilar. Yoshlarni doimo to’g’rilikka chorlaydilar. Qariyalar ko’pni ko’rgan, hayot sinovlaridan mashaqqatli tajribalarga ega bo’lgan zotlardir. Ko’p bora shu narsaning guvohi bo’lganmanki, qariyalar yashaydigan xonadonlarning fayzi bo’lak, ro’zg’ori to’kin, barakali. Bunday oilalarda birinchi o’rinda tartib-intizom, ozodalikka jiddiy e’tibor qaratiladi. Yurtboshimiz Islom Karimov o’z nutqlarida shunday deganlar: “Bir o’ylab ko’raylik, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar- xonadonlarimizning  fayzi va farishtasi” degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor. Haqiqatan ham, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada, albatta, fayz-u baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz  yaxshi bilamiz”.
       O’zbek xalqi doimo kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilib kelgan. Zero, keksalarning  hayot tajribasi yoshlarning jamiyatda o’z o`rnini topishda, to’g’ri yo’l tanlashida eng katta ko’makchi bo’lib kelgan. Qariyalarni bir so’z bilan aytganda, yosh avlodni mehr-oqibatli bo’lishga o’rgatuvchi, oilalarda totuvlikni, jamiyatda barqarorlik muhitini mustahkamlashga hissa qo’shuvchi tabarruk insonlardir, deyish mumkin.
          Bugungi kunda yurtimizda rivojlanish ishlari tobora avj olmoqda. Mahallalarda ham, turli jamoatchilik ishlarida ham qizg’inlik tus olmoqda. Bu ishlarning asosiy bosh sababchilari qariyalarimizdir. Bizning yurtimiz qariyalari keksayganda ham mahalla ishlarida faol. Ular har bir ish yuzasidan mahalladagilarga murojaat qilib, o`z fikrlarini bildirishga, shu ishni amalga oshirishda faol bo’lishga harakat qilishadi. Yurtimizdagi mahallalarda qandaydir muammolar tug’ilib qolsa, shu muammoning yechimini topish uchun  keksalarga murojaat qilinadi. Ularning ham fikrlari inobatga olinib, bir to’xtamga kelinadi. Bizning mahallada keksalarning o’rni beqiyos, hurmat va ehtiromga sazovordirlar.
           Prezidentimiz 2014-yil 6-dekabrda so’zlagan ma’ruzalarida: “Men kirib kelayotgan 2015-yilga mamlakatimizda “ Keksalarni e’zozlash yili” deb nom berishni taklif etaman. Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Soddagina, o’zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizni tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan”,-deganlar va katta ishonch, ehtirom bilan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb aytganlar. Bizning yurtimizda keksalar qadrlanadi, ulug’lanadi, o’zgacha iftixor, hurmat bilan tilga olinadi. Yurtimizda keksalarni qadrlash, ularni e’zozlash uchun turli shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bulardan biri: keksalarimizning salomatlini ta`minlash maqsadida bepul tibbiy ko’riklar tashkil qilindi.
        Kuni kecha bir necha yoshlar qariyalarni e’zozlash, qadrlash, ularning ahvolidan xabar olish maqsadida tumanimizda istiqomat qiluvchi  Hayit ota Azimov xonadoniga borib, ularning  yumushlariga sidqidildan ko’maklashdilar. Shu bilan birgalikda keksalarning duolarini olib qaytdilar. Axir aytishadi-ku, oltin olma duo ol. Erta tongda ko’zimizni uyqudan ochgandan so’ng oilalarimizda qut-baraka bo’lsin deb, ezgu amal, ezgu maqsad sari intilar ekanmiz, avvalambor, xonadonlarimizning tayanchi va ustuni bo’lgan keksalardan duo olinganimizdan keyin ishimiz boshlanadi. Barchamiz bobolarimizning o’gitlari-yu, momolarimizning pand-nasihatlarini  eshitib ulg’ayganmiz. Ularning ibratli umrlari biz uchun hamisha katta hayot maktabi bo’lib  kelgan. Xalqimizga xos bu kabi ezgu qadriyat va fazilatlarimiz bilan har qancha g’ururlansak, faxrlansak arziydi.
 
 
 
Insho muallifi: Buxoro viloyat Peshko’ tuman  1-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-“B” sinf o’quvchisi Fazliddinova Gulshan.
 
 
Telefon raqam: +998941213544  M.Hamidova